Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maymun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

Maymun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

Foto: Pixabay

Shri-Lankada 9-fevral kuni maymun mamlakat elektr tarmoqlarida jiddiy uzilishga sababchi bo‘ldi, deb xabar berdi Geo News.

Poytaxt Kolombo yaqinidagi nimstansiyaga kirib qolgan jonivor transformatorni ishdan chiqargan, oqibatda katta uzilish sodir bo‘ldi. Energetika vaziri Kumar Jayakodining aytishicha, vaziyatni to‘g‘rilash choralari ko‘rilmoqda.

Elektr uzilgan hududda uch soatda elektr ta’minoti tiklangan, ammo to‘liq tiklanish uchun vaqt talab qilinishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring