Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Medal qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin, ammo sovrindorning unvoni o‘zgarmaydi» – Nobel qo‘mitasi

«Medal qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin, ammo sovrindorning unvoni o‘zgarmaydi» – Nobel qo‘mitasi

Bir muddat oldin Venesuela muxolifatchisi Mariya Korina Machadoning Nobel medalini Trampga topshirgani xabar qilingan edi.

Qayd etilishicha, Norvegiya Nobel qo‘mitasi AQSh prezidenti Donald Trampga Mariya Korina Machadoning Nobel tinchlik mukofoti medalini saqlab qolishga vakolat bergan.

Tashkilot bu haqda X ijtimoiy media platformasida e’lon qildi.

«Medal qo‘ldan qo‘lga o‘tishi mumkin, ammo Nobel tinchlik mukofoti sovrindori unvoni o‘zgarmaydi», – deyiladi bayonotda.

Avvalroq Qo‘mita «Nobel mukofoti bekor qilinishi, bo‘linishi yoki o‘tkazilishi mumkin emas»ligini hamda «qaror abadiy kuchda qolishi» haqdia bayonot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado mamlakatga qilingan hujumlardan so‘ng AQSh prezidentiga 2025 yilda olgan Nobel tinchlik mukofotini berishga tayyor ekanligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofotni olganida, uni Amerika rahbariga bag‘ishlagan, chunki u «Tramp bunga loyiq», deb hisoblagan. Muxolifat yetakchisining ta’kidlashicha, 3 yanvar kuni Tramp ko‘pchilik imkonsiz deb hisoblagan narsa – Maduro hokimiyatini yiqitishga «erishgan».

15 yanvar kuni Tramp Oq uyda Machado bilan uchrashdi. Muzokaralardan so‘ng, muxolifat yetakchisi AQSh prezidentiga Nobel tinchlik mukofoti medalini topshirganini e’lon qildi. Fox News telekanalining xabar berishicha, Amerika yetakchisi uni qabul qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring