Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliarder Shodiyevning jiyaniga sud hukmi o‘qildi

Milliarder Shodiyevning jiyaniga sud hukmi o‘qildi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida sud tadbirkor Orifjon Shodiyevni bankka yetkazgan zarar uchun bir yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Olmaota sudlarining Facebook’dagi rasmiy akkauntida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, sud Orifjan Shodiyev va Mixail Solovyovga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilish fakti bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqqan. Ular Asia Credit Bank’ga 16 milliard tenge (taxminan 36 mln AQSh dollari) miqdorida zarar yetkazganlikda aybdor deb topildi. 

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar o‘z ayblariga qisman iqror bo‘lgan.

Sud Shodiyevni tijorat tashkilotida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topib, unga moliyaviy tashkilotda lavozim egallashni bir umrlik man etish bilan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Ikkinchi sudlanuvchi Solovyov Shodiyevga yordam berganlikda aybdor deb topildi. Sud uni 5 yil muddatga moliya va bank tashkilotlarida lavozim egallash huquqidan mahrum qilib, 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

«Mahkum Shodiyev va Solovyovdan «A» AJ tugatish komissiyasi foydasiga 16 milliard tengedan ortiq pul undirildi», — deya qo‘shimcha qildi sud.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Orifjon Shodiyev AsiaCredit Bankegasi va yagona aksiyadoriga aylandi. Shuningdek, u Qozog‘istondagi eng boy tadbirkorlardan biridir. Orifjon taniqli milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring