Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirga tushib qoldi

Tojikiston Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirga tushib qoldi

Foto: «AA»

Afg‘onistonda halokatli vaziyat yuzaga kelmoqda: qonuniy va inklyuziv hukumatning yo‘qligi, davlat hokimiyati mexanizmlarining ishlashi va inson huquqlarining muntazam buzilishi.

Bu haqda dushanba kuni Tojikiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Sherali Mirzo KXShT Tezkor harakat kollektiv kuchlari mashg‘ulotlarining yopilish marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi Avesta.tj.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu omillar Afg‘onistonni insonparvarlik halokati yoqasiga olib keldi, uning mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotgan xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylanishiga xizmat qilmoqda.

«Xalqaro koalitsiya qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq so‘nggi oylardagi voqealar, hukumat qo‘shinlarining butun mamlakat hududini mustaqil nazorat qila olmasligi terrorchilik harakatining kuchayishiga sabab bo‘ldi va harbiy-siyosiy vaziyatning to‘liq tanazzuliga olib keldi», — dedi Tojikiston mudofaa boshqarmasi boshlig‘i.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring