Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Misrda temir yo‘l halokati: qurbonlar soni oshmoqda

Misrda temir yo‘l halokati: qurbonlar soni oshmoqda

Foto: AP

Misrda, Qohira janubidagi El-Ayyat shahri yaqinida mudhish temir yo‘l halokati yuz berdi.

Gizadan Fayyumga yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdi Qohira–Asvon yo‘nalishida harakatlanayotgan boshqa bir poyezdning orqasiga kelib urilgan. To‘qnashuv oqibatida bir nechta vagon izdan chiqib ketgan.

Avvaliga 4 kishi halok bo‘lgani, 88 kishi jarohatlangani e’lon qilingandi. Misr sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 7 nafarga yetgan, jarohatlanganlar soni esa 110 nafardan oshgan. Ayni paytda qutqaruv va tibbiy yordam ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring