Moldova MDHni tark etish harakatini boshlab yubordi
Moldova tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tarkibidan to‘liq chiqishi uchun qonuniy harakatlarni boshladi. Bu haqda Moldova milliy radiosi efirida tashqi siyosat idorasi rahbari Mixay Popshoy ma’lum qildi.
- Vazirning aytishicha, a’zolikni uzil-kesil tugatish uchun tashkilot asoslangan uchta asosiy hujjatni denonsatsiya qilish talab etiladi:
- MDHni tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi (1991-yil).
- Ushbu shartnoma bayonnomasi (1991-yil).
- MDH nizomi (1993-yil).
«Yuqoridagi hujjatlar bekor qilinishi bilan Moldova rasman MDH tarkibidan chiqadi va bu jarayon allaqachon boshlangan. Biz bu qarorni yaqinda qabul qildik», — dedi Popshoy.
Denonsatsiya to‘g‘risidagi hujjatlar yangi qonunchilik sessiyasi boshlanganidan keyin parlamentga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Vazir barcha jarayonlar 2026-yil fevral oyining o‘rtalariga qadar yakunlanishi mumkin, dedi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 2022-yildan buyon Moldova MDH yig‘ilishlarida ishtirok etmayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter