Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu G‘azodagi urushni tugatish shartini aytdi

Netanyahu G‘azodagi urushni tugatish shartini aytdi

Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari HAMAS harakatining barcha qurolli bo‘linmalari to‘liq yo‘q qilinmaguncha yakunlanmaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

«Ko‘plaringiz bu urush qachon tugashini so‘rayapsizlar. Mening javobim aniq va aniq - bu biz barcha maqsadlarimizga erishgandan keyingina tugaydi, birdan bo‘lmaydi. G‘alaba quruq so‘z emas», — dedi u.

Netanyaxuning ta’kidlashicha, Isroil HAMASning ham harbiy, ham yetakchilik imkoniyatlarini yo‘q qilganda va barcha isroillik garovga olinganlarni uylariga qaytarganda «g‘alabaga erishiladi».

Bosh vazir, shuningdek, anklavga zarba berishdan maqsad HAMAS harbiy qanoti rahbari Muhammad ad-Deyfni yo‘q qilishga urinish ekanini aytdi. Netanyaxu ad-Deifning tugatilganligi tasdiqlanmaganligini tan oldi.

Isroil hukumati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, operatsiya har qanday holatda ham anklavdagi harbiy kampaniyada burilish nuqtasidir. 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 7-oktyabrda Isroil G‘azo sektorida harbiy yurish boshladi. Urush oqibatida qariyb 40 mingga yaqin tinch aholi halok bo‘ldi. G‘azo sektoridagi vaziyat gumanitar falokat yoqasiga kelib qoldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring