Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyadagi maktabdan qariyb 300 qiz o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyadagi maktabdan qariyb 300 qiz o‘g‘irlab ketildi

Foto: TEMILADE ADELAJA / Reuters

Nigeriya shimolidagi Jangebe shahrida bir guruh qurollangan kishilar qizlar o‘qiydigan davlat o‘rta maktab-internatining 300 dan ortiq o‘quvchisini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda ushbu maktab xodimlariga asoslanib TASS xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, odamlar tungi soat birlarda maktab-internat binosiga yo‘ltanlamas va mototsikllarda kelishgan. Hujum qiluvchilar davlat xavfsizlik xizmati kiyimida bo‘lishgan. Keyin ular maktab o‘quvchilarini ko‘chaga chiqishga majbur qilishgan va ularni mashinalarga joylashtirishgan.

Odam o‘g‘irlash fakti mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlandi.

Zamfara shtati gubernatori vakilining so‘zlariga ko‘ra, bolalar o‘g‘irlangan. Lekin u olib ketilganlarning aniq soni va ular qayerga olib ketilishi mumkinligini aytmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring