Nipah virusining xavfi va uni ertaroq aniqlash yo‘li aytildi
Nipah virusining inkubatsiya davri 45 kungacha davom etishi mumkin. Bu esa shundan dalolat beradiki, Hindistonda virusni yuqtirgan sayyoh vataniga qaytib, kasallikni o‘zi bilan olib kelishi ehtimoli bor.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, virus ilk bor aniqlangan daryo nomi bilan atalgan bo‘lib, uning tabiiy tashuvchilari — ko‘rshapalaklar va ular orqali zararlanadigan uy hayvonlari, ayniqsa cho‘chqalar hisoblanadi. Shu sababli Janubi-Sharqiy Osiyoning qishloq hududlaridagi cho‘chqa fermalarida ishlovchilar yuqori xavf guruhiga kiradi.
Ta’kidlanishicha, virus og‘ir asoratlar va o‘lim holatlarining yuqori ulushi bilan ajralib turadigan o‘ta xavfli infeksiyalar toifasiga kiradi. Shu bilan birga, ayrim zararlanganlarda kasallik alomatsiz yoki yengil shaklda kechishi ham mumkin.
Virusning dastlabki belgilari noaniq bo‘lib, oddiy gripp yoki O‘RVIni eslatadi: yuqori harorat, holsizlik, bosh og‘rig‘i. Bu esa, ayniqsa virus odamdan odamga yuqishi mumkinligini hisobga olganda, erta tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, Nipah virusiga shubha tug‘ilganda, shifokorga endemik hududlarga qilingan yaqin safarlar haqida albatta xabar berish juda muhim, shunda maqsadli tekshiruvlar tayinlanadi.
Virus nafas olish tizimi va markaziy asab tizimini zararlab, ensefalitga olib keladi. Kasallikni boshdan kechirganlarning taxminan 20 foizida nevrologik asoratlar saqlanib qoladi: surunkali bosh og‘riqlari, ong buzilishlari, ko‘rish muammolari, mushaklar kuchsizligi yoki tutqanoqlar.
Immunolog-shifokorlar Nipah virusini tashxislash juda qiyinligini, uning o‘lim darajasi yuqori ekanini va u Marburg hamda Ebola viruslaridan ham xavfliroq bo‘lishi mumkinligini qayd etishdi. Kasallik ko‘rshapalaklar yoki cho‘chqalar bilan bevosita aloqa, ularning ajratmalari bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki ichimliklar orqali, shuningdek, odamdan odamga yaqin muloqot paytida yuqishi mumkin.
Kasallikning ilk bosqichida simptomlar oddiy O‘RVIga mos keladi, bu esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni yanada qiyinlashtiradi. Keyinchalik esa virus miya va nafas olish tizimini zararlab, epileptik xurujlar, ruhiy o‘zgarishlar, nutq va harakat funksiyalarining buzilishi, falajlik, ko‘rish muammolari va tutqanoqlarga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanepidqo‘mita Nipax virusi O‘zbekistonda qayd etilmaganini ma’lum qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter