Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel mukofoti sohibi irqchiligi uchun faxriy unvonlaridan mahrum bo‘ldi

Nobel mukofoti sohibi irqchiligi uchun faxriy unvonlaridan mahrum bo‘ldi

Foto: Flickr/Dan Farber

DNKni ochgan olimlardan biri, Nobel mukofoti sovrindori Jeyms Uotson turli irq vakillarining o‘rtacha intellekt ko‘rsatkichlari farqlanishini navbatdagi marotaba ta’kidladi. Buning uchun 90 yoshli olim o‘zi rahbarlik qilayotgan «Cold Spring Harbor» laboratoriyasining barcha faxriy unvonlaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.

Keksa olim o‘z irqiy qarashlarini «PBS» hujjatli filmining muqaddimasida bayon qilgan. Xususan, Uotsoning nazarida, yevropeoid va negroid irqlarining o‘rtacha IQ ko‘rsatkichlari ularning bevosita genetik xususiyatlari bilan bog‘liq.

— Doktor Uotsonning fikrlari tanqidga loyiq, hech qanday ilmiy asoslanmagan, laboratoriya va uning ta’sischilari, o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining qarashlarini ifodalamaydi, — deyiladi laboratoriya bayonotida.

Aytish kerakki, doktor Uotson irqchilikda birinchi marta ayblanayotgani yo‘q. 2017-yilda u qora tanlilar haqida xuddi shu taxlit fikr bildirib, Afrikaning kelajagiga havas qilib bo‘lmasligini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring