Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya neft-gaz jamg‘armasi megafoyda oldi

Norvegiya neft-gaz jamg‘armasi megafoyda oldi

Illyustrativ foto

Dunyodagi eng yirik — Norvegiya farovonlik suveren fondi (1,7 trln dollar aktivga ega) 2024-yilning birinchi yarmida rekord darajada — 138 mlrd dollar foyda oldi. Bu qisman aksiyalar qimmatlashuvi bilan bog‘liq.

Solishtirish uchun: statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM hajmi — 101,6 mlrd dollar (2023-yil).

Jamg‘arma bosh direktori Nikolay Tangenning aytishicha, foydani asosan texnologiya kompaniyalari aksiyalari keltirdi (sun’iy intellektga asoslangan yangi texnologiyalarga talab keskin oshishi natijasida). Yilning dastlabki olti oyida fond rentabelligi 8,6 foizga o‘sdi.

Norvegiya farovonlik suveren fondi mamlakat neft va gazdan olgan ortiqcha daromadni, foydani ko‘paytirish maqsadida, sarmoyaga yo‘naltiradi. Shuning ortidan u dunyodagi eng yirik sarmoyadorlardan biri sanaladi. Dunyodagi aksiyalarning o‘rtacha 1,5 foizi Norvegiya fondi ixtiyorida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring