Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NYT: AQSh ma’muriyati Eronga zarbalar oqibatini yetarlicha baholamagan

NYT: AQSh ma’muriyati Eronga zarbalar oqibatini yetarlicha baholamagan

Foto: Reuters

Eronga zarbalar berilishidan oldin Tramp ma’muriyatida global energetika bozoriga ta’sir cheklangan bo‘ladi, degan fikr ustun bo‘lgan. The New York Times tahliliga ko‘ra, bu – vaziyatni «nazorat qilib bo‘ladi» degan noto‘g‘ri tasavvurni shakllantirgan.

Ma’lum qilinishicha, Tramp va uning ayrim maslahatchilari neft narxi faqat qisqa vaqtga ko‘tariladi, deb hisoblagan. Shuningdek, ular Eron avvalgi eskalatsiyalarda bo‘lgani kabi cheklangan javob qaytaradi, degan taxminga tayangan.

Bu ishonch ayrim strategik xavflarga yetarlicha e’tibor berilmasligiga olib kelgan. Ayniqsa, jahon energetika ta’minoti va muhim infratuzilmalar bilan bog‘liq tahdidlar kam baholangan.

Tahlilda aytilishicha, Eron kemalar harakatiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlar ham jiddiy qabul qilinmagan. Gap Hurmuz bo‘g‘ozi haqida ketmoqda. Bu dengiz yo‘li orqali jahon neftining qariyb 20 foizi tashiladi.

Oq uydagi ayrim amaldorlar Eron o‘z iqtisodiyotiga ham zarar keltirishi mumkin bo‘lgan katta inqirozni qasddan keltirib chiqarmasligini taxmin qilgan. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, bunday baholash bilan Eronning strategik energetika yo‘llaridan bosim vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yetarlicha hisobga olinmagan.

Natijada qarorlar asosan qisqa muddatli siyosiy va harbiy hisob-kitoblarga tayanib qabul qilingan. Bu esa mahalliy to‘qnashuv kengayib, global iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi inqirozga aylanish xavfi oshayotganida ham ko‘rinmoqda.

Tahlilchilar esa energetika xavflarini noto‘g‘ri baholash mintaqaviy mojarolar dinamikasini keskin o‘zgartirib, ularning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkinligidan xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring