Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabrning oxirlarida Yer yuzini magnit bo‘ronlari qamrab oladi

Oktyabrning oxirlarida Yer yuzini magnit bo‘ronlari qamrab oladi

Foto: «Sibhar.ru»

20 — 29-oktyabr kunlari Yer yuzida magnit bo‘ronlari kutilmoqda, deya xabar bergan Rosgidromet.

«Rosgidrometning Ye.K.Fyodorov nomli amaliy geofizika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 20 — 29-oktyabr kunlari Yer yuzida magnit maydonlarining takroriy qo‘zg‘alishi kutilmoqda», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 — 24-oktyabr va 27 — 29-oktyabr kunlari magnit maydonlari qo‘zg‘alishi kuchsiz bo‘ladi, 25 va 26-oktyabr kunlari mo‘’tadil magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

Shu bilan birga, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, magnit bo‘ronlarining kuchayish ehtimoli kam.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring