Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘lim vodiysi» gullarga ko‘milishi kutilmoqda

«O‘lim vodiysi» gullarga ko‘milishi kutilmoqda

Illyustrativ foto

Qulay ob-havo sharoiti tufayli Shimoliy Amerikaning «O‘lim vodiysi» nomini olgan eng issiq joyi yaqin orada dala gullari bilan qoplanishi mumkin, deb xabar berdi AQSh Milliy bog‘lar xizmati.

Gismeteo yozishicha, keng maydonlar so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta gulga ko‘milishi kutilmoqda.

«Biz kuzatayotgan maysalardagi alomatlar gullash ehtimoli ancha yuqoriligi ko‘rsatmoqda. Beduoter yo‘lining janubiy qismida allaqachon dala gullarining manzarali dalalari paydo bo‘lgan», — deyishmoqda bog‘ mutaxassislari.

Agar gullash ijobiy ssenariy bo‘yicha davom etsa, uning eng yuqori cho‘qqisi fevral oyining oxiri va aprel oyining boshlarida bo‘lishi kutilmoqda. Bungacha O‘lim vodiysida yirik supergullashlar 1998, 2005 va 2016-yillarda kuzatilgan.

«O‘lim vodiysi.
Foto: Wikipedia

Gullarning ko‘p bo‘lishida birinchi g‘unchalar paydo bo‘lishidan bir necha oy oldin vujudga kelgan sharoit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Asosiy omil kuzning oxiri va qishning boshida odatdan tashqari ko‘p yog‘adigan yomg‘irlar va bahorga yaqin takroriy yog‘ingarchilikdir. Harorat rejimi gullash muddatlariga ta’sir qiladi va kuchli shamollar esa gullash davrini qisqartiradi.

AQShning Kaliforniya shtati sharqidagi «O‘lim vodiysi» — Yer yuzidagi eng issiq joylardan, 2021-yil yozida bu yerda havo harorati 53°C dan oshgandi, mutlaq rekord esa 1913 yilda o‘rnatilgan — 56,7 daraja!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring