Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin narxi birdan pastladi

Oltin narxi birdan pastladi

Oltin bozoridagi pasayish 5 foizga yetdi, narx bir unsiya uchun 5109,62 dollargacha tushdi. Avvalroq,  u rekordni yangilab, bir unsiya uchun 5594,82 dollarga yetgan edi.

Fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari Comex’da bir unsiya uchun 5242,5 dollargacha arzonlashdi.

Qimmatbaho metall yanvar oyida 19 foizga, shu hafta boshidan beri esa 3,6 foizga qimmatlashgandi.  Oltinning narxi oshishiga yuqori talab, shu jumladan, geosiyosiy keskinlik tufayli markaziy banklar tomonidan talabning yuqoriligi sabab bo‘ldi.

Payshanba kuni spot bozorida bir unsiya uchun 121,64 dollargacha ko‘tarilgan kumush narxi 6,6 foizga pasayib, bir unsiya uchun 108,84 dollarni tashkil etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring