Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi

Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi

Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘dagi Xonkendi chegaralarini artilleriyadan o‘qqa tutmoqda. Shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish signallari yangragan.

Ozarbayjon tomonining ta’kidlashicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi Armaniston qurolli kuchlarining bo‘linmalari Ozarbayjon armiyasining Agdam viloyati yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalarini turli xil qurollardan shiddatli o‘qqa tutgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining ma’lumot berishicha, Armaniston qurolli kuchlarining Qorabog‘ mintaqasidagi qo‘shinlari tomonidan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini tizimli ravishda o‘qqa tutishi, hududlarni minalashi, xandaqlar qazib, jangovar pozitsiyalarni shakllantirishi keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Maxsus operatsiyadan maqsad – uch tomonlama deklaratsiya qoidalarini ta’minlash, Qorabog‘ iqtisodiy rayonida keng ko‘lamli provokatsiyalarni bostirish, hududdagi Armaniston qurolli kuchlarini qurolsizlantirish va olib chiqib ketish, ularning harbiy infratuzilmasini zararsizlantirish, hududlarga qaytgan tinch aholi xavfsizligini ta’minlash.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, birinchi galda yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanib, Armaniston qurolli kuchlari qo‘shinlarining pozitsiyalari, ularning o‘q otish punktlari, shuningdek, jangovar vositalar va harbiy ob’yektlari yaroqsiz holga keltirilgan.

«Biz tinch aholi va fuqarolik infratuzilmalari nishon emasligini, faqat qonuniy harbiy nishonlar yo‘q qilinganini yana bir bor ta’kidlaymiz», – deyilgan Ozarbayjon mudofaa vazirligi bergan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring