Qo‘shnilarning ehtiyojlarini ham tushunish kerak – Qirg‘iz energoxoldingi rahbari

Bugun, 12-dekabr kuni Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatdagi elektr energiya taqchilligi, qo‘shni davlatlardan import qilish bo‘yicha so‘z bordi.
Milliy energetika xoldingi boshqaruvi raisi Talaybek Bayg‘oziyevga ko‘ra, mamlakat joriy yil uchun Turkmanistondan 1,3 milliard kilovatt-soat energiya sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, xali bu hajmni to‘liq import qilib olganicha yo‘q.
Matbuot anjumanida bunga O‘zbekistonda kuzatilayotgan elektr energiyasi taqchilligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
«O‘zbekiston tranzitor davlat sifatida o‘zida kuzatilayotgan energetika taqchilligi paytida bunday hajmlarni o‘tkazib yubora olmaydi. Ular haqiqatda ushbu elektr energiyasini olyapti va shu sabab bizga yetib kelmayapti. Umuman olganda, ular o‘z zimmalariga iste’mol qilgan elektr energiyasini qaytarish bo‘yicha majburiyat olganlar», – deydi Baygaziyev.
Baygaziyev, shuningdek, «qo‘shnilarning ehtiyojlarini tushunish kerak»ligini, energetiklar, masalan, iste’molning eng yuqori soatlarida bir-biriga yordam berib kelishini ta’kidlagan.
Ma’lum qilinishacha Qirg‘iziston joriy yil Qozog‘iston bilan ham 450 million kilovatt-soat import bo‘yicha kelishuvga erishgan va bu elektr quvvati allaqachon mamlakat iste’moliga yo‘naltirilgan. Shuningdek, dekabr oyi uchun ham 200 million kilovatt-soatgacha yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan, biroq Qozog‘istondagi Ekibastuz stansiyalarida ishlab chiqaruvchi uskunalarning avariyali nosozliklari sodir bo‘layotgani bois hozircha import to‘xtab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter