Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zganing o‘rniga 38 yil qamoqda o‘tirgan amerikalikka 25 mln dollar tovon to‘landi

O‘zganing o‘rniga 38 yil qamoqda o‘tirgan amerikalikka 25 mln dollar tovon to‘landi

Sud rasman Moris Hastingsni aybsiz deb topgan kun. 2023-yil 1-mart.

Foto: AP

Sodir etmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilib, 38 yil umri Kaliforniya qamoqxonasida o‘tgan Moris Hastingsga 25 mln dollar tovon puli to‘landi. The Guardian yozishicha, bu shtat tarixida noqonuniy hukm uchun amalga oshirilgan eng yirik to‘lovdir.

Moris Hastings 1983-yilda Roberta Uaydermayer ismli ayolni o‘ldirishda ayblanib qamalgan. 2022-yilda DNK ekspertizasi uning aybsizligini isbotlagach, ozodlikka chiqarildi. Mahkum aybsizligini isbotlash uchun uzoq yillar kurashdi, DNK ekspertizasini o‘tkazishni so‘rab 2000-yilda qilgan murojaati faqat 2021-yilga kelib amalga oshdi... Jinoyat joyida qoldirilgan iz boshqa odamga tegishli bo‘lib chiqdi.

DNK Uaydermayerning o‘limidan uch hafta o‘tib, boshqa ish bo‘yicha hibsga olingan Kennet Paknettga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda uning yonidan Uaydermayerning narsalari ham chiqqan, biroq bu ishga aloqador sifatida ko‘rilmagan, politsiya va prokuratura jinoyatni Hastingsning bo‘yniga ilgan. Paknett esa navbatdagi jinoyatlaridan biri uchun qamoqda o‘tirgan paytida, 2020 yilda vafot etgan.

2023-yilda sud rasman Moris Hastingsni aybsiz deb topdi.

«O‘g‘irlangan 38 yil umrimni hech qanday pul qaytara olmaydi», — dedi 72 yoshli Hastings suddan keyin bergan intervyusida.

Advokat Nik Brastin qo‘shimcha qilishicha, bu qaror butun mamlakat huquq-tartibot idoralarini ogohlikka chaqirishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring