Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pentagon Eron urushi paytida jurnalistlar bilan ishlash uslubini o‘zgartirdi

Pentagon Eron urushi paytida jurnalistlar bilan ishlash uslubini o‘zgartirdi

Pentagon Eron bilan bog‘liq urush davrida ommaviy axborot vositalari bilan ishlashda avvalgi mojarolar davridagi ochiqroq formatdan chekingan.

AFP agentligining yozishicha, hozirgi yondashuvda ritorika ko‘p, ammo tezkor va batafsil ma’lumotlar kam, shuningdek asosiy media vositalariga nisbatan keskin munosabat ham kuzatilmoqda.

Nashrning eslatishicha, Iroq va Afg‘onistondagi urushlar davrida jurnalistlar deyarli har kuni o‘tkazilgan brifinglarda qatnashish, ayrim hollarda esa qo‘shinlar tarkibida ishlash imkoniga ega bo‘lgan. AFP suhbatlashgan, AQSh armiyasining sobiq polkovnigi va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida 20 yillik tajribaga ega Stiv Uorren esa Pentagon hozir «avvalgidan ham kamroq va qisqa mazmunli ma’lumot» bermoqda, deb baholagan.

Agentlikning ta’kidlashicha, hozirgacha bir qator muhim savollar, jumladan AQSh Erondagi boshlang‘ich maktabga berilgan qonli zarba uchun mas’ulmi yoki Vashingtonning urushdan keyingi rejasi qanday ekani ochiq qolmoqda. Shu bilan birga, Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Pentagon Minob shahridagi maktabga berilgan zarba yuzasidan tekshiruvni yuqori bosqichga olib chiqqan.

AFPning so‘roviga javoban Pentagon matbuot kotibi Kingsli Uilson OAV «tan oladimi-yo‘qmi, juda katta hajmda axborot olayotganini» bildirgan. Uilson 2025-yil dekabr oyidagi brifingda ham an’anaviy OAVni tanqid qilib, Pentagon matbuot korpusidagi o‘zgarishlarni ochiq himoya qilgan edi.

So‘nggi kunlarda Pentagonning OAVga nisbatan cheklovlari yuzasidan tanqidlar kuchaygan. The Guardian xabariga ko‘ra, idora an’anaviy jurnalistlar ishtirokini qisqartirib, ayrim brifinglarda yangi va hukumatga moyil media vakillariga ko‘proq maydon bergan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring