Peskov: «Sovuq urush yaqinlashmoqda»
![Peskov: «Sovuq urush yaqinlashmoqda»](https://xabar.uz/static/crop/2/3/920__95_2314365352.png)
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning uzoqqa uchuvchi raketalari Germaniya hududiga joylashtirilishiga munosabat bildirarkan, sovuq urush boshlanishiga yaqin qolganini aytdi. Uning so‘zlarini jurnalist Pavel Zarubin o‘z telegram-kanalida keltirdi.
«Shaxdam qadamlar bilan sovuq urushga qarab ketyapmiz. Bu boshimizdan o‘tgan. O‘sha Germaniya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya Ukraina nizosida bevosita qatnashyapti. Sovuq urushning barcha belgilari — qarama-qarshiliklar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlar qaytmoqda», — deya bayonot berdi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb mamlakatlarining xatti-harakatlaridan maqsad Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter