Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada yong‘in 500 uyni vayron qildi

Gretsiyada yong‘in 500 uyni vayron qildi

Foto: «Global Look Press»

Afinaning sharqiy qismidagi o‘rmonlarda yuzaga kelgan yong‘in sababli 500 ta uy vayron bo‘ldi, 200 ta avtomobil yonib ketdi. Bu haqda «News.ru» xabar bermoqda.

«Talofotlar juda katta», — ma’lum qildi shahar meri Rafina Evangelos Burnus ERT teleradiokorporatsiyasi efirida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda odamlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Ularni Gretsiya Sohil qo‘riqlov kemalari boshqa tumanlarga ko‘chirmoqda.

23 iyul kuni boshlangan yong‘inlar Afinani shimol, g‘arb va sharq tomondan o‘rab olgan. Kuchli shamol o‘t o‘chog‘ini so‘ndirishga yo‘l qo‘ymayapti. Tutunlar sabab xalqaro aeroport ish tartibi buzilgan, avtomagistrallar yopilib qolgan, temiryo‘l yo‘nalishlarida ham uzilishlar ro‘y bermoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring