Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston tarixidagi eng yirik suv toshqini yuz berdi

Pokiston tarixidagi eng yirik suv toshqini yuz berdi

Foto: Anadolu Ajansı

Pokiston tarixidagi eng yirik suv toshqini yuz berdi, bu haqda mahalliy DAWN nashri xabar berdi.

Panjob viloyatida 97 kishi halok bo‘lgan, 2,4 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.

Tabiiy ofat oqibatida 4,5 mingdan ortiq qishloqni suv bosdi, 2 million boshga yaqin chorva mollarini suv balosidan qutqarishga ancha kuch sarflandi. Suv bosgan hududlar elektr va aloqa xizmatlaridan uzilib qolgan, dronlarda yordam ko‘rsatilmoqda.

Iyun oyi oxiridan beri mamlakatda suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar soni 950 nafardan oshdi, 8,4 mingdan ortiq uy vayron bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring