Putin chiqish qilib, Prigojinning harakatini «orqadan pichoq urish» deb atadi
Bugun, 24 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya xalqiga murojaat qildi. U o‘zining chiqishida Prigojinning harakatlarini «orqadan pichoq urush» deb atadi.
«Biz Rossiya bo‘lib qolish huquqi uchun kurashyapmiz, bu jang barcha kuchlarning birligini talab qiladi, bizni ajratib turadigan hamma narsa chetga surilishi kerak. Va shuning uchun ham bizning birligimizni parchalagan harakatlar, aslida, murtadlik va Rossiya va xalqimizning orqasiga pichoq urishdir. 1917 yilda mamlakatimiz Birinchi jahon urushida qatnashganda ana shunday zarba berilgan va g‘alaba bizdan olib qo‘yilgan», – deydi Putin.
Shuningdek, Putin qo‘zg‘olonni tayyorlaganlarning barchasi muqarrar jazoga tortilishini qo‘shimcha qilgan.
«Har qanday ichki tartibsizliklar davlatchiligimiz uchun halokatli tahdid bo‘lib, bunday tahdiddan himoyalanish bo‘yicha qattiq harakatlar qilamiz. Qo‘zg‘olonni tayyorlaganlarning hammasi muqarrar jazoga tortiladi. Qurolli kuchlar va boshqa davlat idoralari zarur buyruqlarni oldi. Biz xiyonatga duch keldik, haddan tashqari ambitsiyalar Rossiyaga xiyonat qilishga olib keldi», – degan Rossiya prezidenti o‘z murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin chiqish qilib, Mudofaa vazirligini «Vagner» harbiylarining orqa lagerlariga raketa hujumida aybladi va «bu vahshiylikka javob qaytarishga», armiya hamda umumiy Rossiyada «adolatni tiklashga» va’da bergan edi.
Shundan so‘ng, Prigojin Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasida ko‘rinish berib, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Gerasimov uning oldiga kelmasa, «Vagner» qo‘shinlari Moskvaga borishini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter