Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Si Szinpin nimalar haqida gaplashib olishi ma’lum qilindi

Putin  va Si Szinpin nimalar haqida gaplashib olishi ma’lum qilindi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya-1» telekanalidagi chiqishida Pekinda bo‘lajak muzokaralarda Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin nimalarni muhokama qilishini aytib o‘tdi.

Peskovga ko‘ra, tomonlar xalqaro mavzularni muhokama qiladi. Katta ehtimol bilan ular orasida Yaqin Sharq va Ukraina masalasi muhim o‘rin egallaydi. 

«Rossiya va Xitoy xalqaro munosabatlarda juda muhim rol o‘ynaydi va bu rol o‘sib bormoqda», dedi u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekinda umumiy integratsiya jarayonlari va ko‘p sonli umumiy tashkilotlar mavjud.

«Assotsiatsiyalar o‘z safiga dunyo yalpi ichki mahsulotining ko‘p qismini va dunyo aholisining ko‘p qismini tashkil yetuvchi davlatlarni kiritadi», dedi Peskov.

Putin 17-18-oktyabr kunlari Xitoyga borishi kutilmoqda. U Pekinda «Bir kamar, bir yo‘l» forumida qatnashadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring