Putinni «urush» degani uchun javobgarlikka tortish talab qilinmoqda
![Putinni «urush» degani uchun javobgarlikka tortish talab qilinmoqda](https://xabar.uz/static/crop/1/4/920__95_1404274198.jpg)
Peterburglik deputat Nikita Yuferev 22 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot»ni «urush» deb atagan prezident Vladimir Putinga nisbatan «Rossiya armiyasi to‘g‘risida feyk tarqatganlik»moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni talab qildi.
Putinga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi tashabbusiga Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasining sobiq xodimi Ivan Drobotov ham qo‘shilgan.
U IIVga yuborgan murojaatida keltirilgan JK moddasi bo‘yicha aybdor deb topilganlar, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada armiya haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlarni qamash yoki katta miqdorda jarimaga tortishga oid qonun shu yilning mart oyida Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan. Mazkur modda bo‘yicha shu vaqtga qadar Ukrainadagi urushni «urush» deb atagan yuzlab kishilar katta jarimalarga tortildi. Armiya haqida feyk tarqatgan deb topilganlari esa bir necha yilga qamaldi.
Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni «maxsus harbiy amaliyot» deb atashni talab qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Davlat kengashi yig‘ilishidan so‘ng matbuotda ilk bor Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot»ni «urush» deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter