Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putinning gaplari jiddiy emas» — Germaniya kansleri

«Putinning gaplari jiddiy emas» — Germaniya kansleri

G7 yetakchilari Putinning Ukrainadagi urushni tugatish shartlari haqidagi fikrlarini muhokama qilishmagan.

Italiyada bo‘lib o‘tgan sammitda G7 yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha takliflarini muhokama qilishmagan, chunki «hamma bu takliflar jiddiy emasligini bilardi», dedi Germaniya kansleri Olaf Shols.

Bugun Shveysariyada Ukrainaning «tinchlik formulasi» bo‘yicha ikki kunlik sammit bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitga yo‘l olgan Sholsning  fikricha, Putinning kechagi chiqishi global tinchlik sammitidan e’tiborni chalg‘itish uchun qilingan.

«Hamma biladiki, bu takliflar jiddiy ahamiyatga ega emas», — dedi Germaniya kansleri.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuni kecha Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning asosiy shartlarini aytib o‘tgandi: unga ko‘ra Ukraina qo‘shinlari Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlaridan chiqib ketishi va Kiyev NATOga kirishdan bosh tortishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring