Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar amiri Erdo‘g‘onga dunyodagi eng qimmat samolyotni sovg‘a qildi

Qatar amiri Erdo‘g‘onga dunyodagi eng qimmat samolyotni sovg‘a qildi

Foto: «RIA Novosti»

Qatar amiri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga 500 million dollar qiymatga ega lyuks klassdagi «Boeing 747-8» rusumli samolyotni sovg‘a qildi. Bu xabarni Erdo‘g‘onning o‘zi ham tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq Turkiya matbuoti Qatar amiri Tamim ibn Hammod as-Soniy Turkiya prezidentiga dunyodagi eng ulkan va eng qimmat shaxsiy samolyotni sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edi. Havo kemasi 94 kishini o‘z bag‘riga oladi.

«Besh yuz million dollar qiymatga ega bu samolyot sotuvga qo‘yilgan edi. Biz unga qiziqib qoldik. Qatar amiri bundan xabar topib, bu havo kemasini menga emas, shaxsan Turkiyaga sovg‘a qildi. Ayni paytda samolyot bo‘yalyapti. Bo‘yash ishlari tugashi bilan uni olib kelamiz», – degan Erdo‘g‘on Ozarbayjondan qaytayotib jurnalistlar bilan samolyotdagi muloqotida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring