Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shiqchi sahnada tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Qo‘shiqchi sahnada tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

35 yoshli qo‘shiqchi Ayres Sasaki sahnadagi chiqishi paytida tok urib, halok bo‘ldi. Mudhish hodisa Braziliyaning Salinapolis shahridagi Solar mehmonxonasida, ko‘plab tomoshabinlarning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.

Braziliya matbuoti voqeani turlicha yoritmoqda: ayrimlarida qo‘shiqchini kiyim-boshi ho‘l muxlisini bag‘riga bosganida tok urgan deyilsa, boshqalari, jumladan, Diario do Para nashri xonanda gitara chalib turganida tok urgan, deb yozdi.

Ikkinchi taxmin beixtiyor hindlarning «Disko raqqosi» filmidagi bosh qahramonning onasi bilan sodir bo‘lgan holatni esga soladi.

Salinopolis politsiyasi tergovni boshladi, ekspertlar hodisa sabablarini o‘rganishyapti.

Solar mehmonxonasi Ayres Sasakining o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini Instagram orqali ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring