Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi

Qozog‘iston aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi

Foto: Global Guide.

Qozog‘iston ilk bor aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti 14,77 ming dollarni, Rossiyaniki 14,26 ming dollarni va Turkmanistonniki 13,34 ming dollarni tashkil qilgan. 

Postsovet mamlakatlari reytingida esa dastlabki uch o‘rinni Boltiqbo‘yi davlatlari egallagan. Estoniya uchun bu ko‘rsatkich 32,76 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Latviya va Litva uchun mos ravishda 30,84 ming va 24,37 ming dollarni tashkil etdi. Shunday qilib, Rossiya postsovet respublikalari orasida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. 

2024-yilda Rossiyada aholi jon boshiga YaIM 14,79 ming dollarni, Qozog‘istonda 14,15 ming dollarni, Estoniya, Latviya va Litvada 31,17 ming dollar, 23,24 ming dollar va 29,34 ming dollarni tashkil qilgan. 

Aholi jon boshiga YaIM - bu mamlakatning umumiy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) aholisi soniga bo‘lingan holda hisoblangan iqtisodiy ko‘rsatkich

Bu ko‘rsatkich mamlakatda bir kishiga yiliga qancha tovar va xizmatlarning pul bilan ifodalanganligini ko‘rsatadi. Aholi jon boshiga YaIM, xususan, rezidentlar uchun tovarlar va xizmatlarning mavjudligi va sifatini belgilaydi, shuningdek, turmush darajasini baholash uchun ishlatiladi va investorlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatni o‘rganishga ta’sir qiladi. 

Bir yil avval, 2024-yil iyul oyida Jahon banki Rossiyani yuqori daromadli davlatlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Bu turkumga aholi jon boshiga yalpi milliy daromad (YaMM) darajasi 14005 dollardan ortiq bo‘lgan mamlakatlar kiradi. Avvalroq, 2022 yilda Jahon banki Rossiyani daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan, aholi jon boshiga YaIM 12 830 dollarga teng bo‘lgan davlat sifatida tan olgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring