Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston rahbari siyosiy qatag‘on qurbonlarini yodga oldi

Qozog‘iston rahbari siyosiy qatag‘on qurbonlarini yodga oldi

Qozog‘istonda 31 may – Siyosiy qatag‘on va ocharchilik qurbonlarini xotirlash kuni sanaladi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida post chop etdi.

«Bugun, 31 may kuni biz o‘tgan asrdagi siyosiy qatag‘on va ​​ocharchilik qurbonlarini yodga olamiz. Davlatimiz qatag‘on qilingan begunoh qurbonlarga nisbatan tarixiy adolatni tiklash, tariximizning qora sahifalarini xolis va puxta o‘rganish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘tmishdagi fojiali voqealardan saboq olib, uni millat xotirasida saqlagan holdagina biz har qanday sinovlardan muvaffaqiyatli o‘ta olamiz, adolatli davlat va uyg‘un jamiyat barpo etish yo‘lida yuksak marralarni zabt eta bilamiz», – deb yozgan Q.To‘qayev.

Qozog‘iston ham sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari kabi sho‘ro qatag‘onidan katta aziyat chekkan. Ma’lumotlarga qaraganda, 1921-1954 yillardagi qatag‘onlar davrida qariyb 100 ming kishi siyosiy ayblovlar bilan mahkamaga tortilgan, ulardan 25 ming nafari otib tashlangan. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, intellektual elita vakillari bor.

Qozog‘iston prezidentining 2020 yildagi farmoni bilan ta’sis etilgan maxsus komissiya siyosiy qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha tizimli faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring