Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda prezident saylovi bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

Qozog‘istonda prezident saylovi bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston xalqiga murojaat qildi. Unda navbatdan tashqari prezident saylovi shu yilning 20-noyabriga belgilangani ma’lum qilindi.

Mazkur saylovda amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayevning o‘zi ham ishtirok etadi.

«Men muddatidan oldin saylovlarni 2022-yil 20-noyabrga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Tez orada jamoatchilikka taqdim etiladigan Saylovoldi platformasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga qaratilgan yangi tashabbuslar belgilab beriladi.

Men amaldagi davlat rahbari sifatida saylovoldi tashviqoti qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq, adolatli, ochiq, mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarning keng ishtirokida o‘tkazilishini kafolatlayman.

Barcha yurtdoshlarimizni esa mas’uliyat, demokratiya, qonun-tartibot tamoyillariga sodiq bo‘lishga, xalqimiz ahilligi va hamjihatligini namoyon etishga chaqiraman», – degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq parlament mamlakat konstitutsiyasiga Qozog‘istonda prezidentlik muddatini 7 yillik qilib belgilash, ayni paytda bir kishi ikki marta mazkur lavozimga da’vogarlik qilolmasligiga oid tuzatishlarni kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring