Ramzan Qodirov tanlov e’lon qildi: sovringa 10 ta iPhone 17 qo‘yilgan

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z telegram-kanalida tanlov e’lon qildi. U yangi kupyurada «Grozniy-Siti»ga ovoz berganlarga 10 ta iPhone 17 va’da qilgan.
Ma’lumot uchun: Rossiyaning 500 rubllik yangi kupyurasiga rasmlar tanlovi ketyapti, nomzodlar orasida Grozniy-Siti ham bor.

«Bugun Grozniy shahri va Chechenistonni sevadigan har bir kishining yordami juda zarur. Ishtirok etish uchun to‘rtta platformada «Grozniy-Siti»ga ovoz berish va ijtimoiy tarmoqlarda skrinshotlarni joylashtirish kerak», — deb yozdi Qodirov.
Yangi kupyura uchun ramzlar tanlovida Grozniy-Siti va Elbrus tog‘i yetakchilik qilmoqda — har bir variant uchun 700 mingdan ortiq ovoz berilgan. Qodirov telegram-kanalida posta chiqayotgan paytda Elbrus 12 mingta ko‘proq ovoz bilan yetakchi edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter