Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rekord: bitta kaptar 1 million 600 ming yevroga sotildi

Rekord: bitta kaptar 1 million 600 ming yevroga sotildi

Foto: «Pixabay.com»

Belgiyada kaptar rekord qiymatda sotildi. Auksiondagi boshlang‘ich bahosi 200 yevro edi, yakunda esa savdo 1 million 600 ming yevroda to‘xtadi, deya xabar berdi «MIR 24» telekanali.

Rekordchi Yangi Kim deb nomlanadi. Tezkor pochtachi kaptar ikki yoshda. Qush uchun qizg‘in kurash boshlandi. Dastlab unga Janubiy Afrikadan kelgan xaridor da’vogarlik qilgan bo‘lsa, biroq bahsga ikki nafar xitoylik ham aralashdi. G‘olibning nomi oshkor qilinmayapti. Biroq shunisi ma’lumki, oldingi rekordchi kaptar — Armando ham unga tegishli: qushni 1 million 252 ming yevro sotib olgan.

Xitoyda kaptar poygasiga qiziqish tufayli tez uchar kaptarlarning bahosi birdan ko‘tarilib ketdi. Ayniqsa, ushbu sport turining an’anaviy markazi hisoblangan Belgiya qushlariga talab yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring