Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda lalmi va yaylov yerlari auksionga chiqariladi

O‘zbekistonda lalmi va yaylov yerlari auksionga chiqariladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Bu Prezidentning PF–83-sonli farmonida belgilandi. Hujjatga ko‘ra, yerlarni o‘zlashtirish ishlari yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosga muvofiq amalga oshiriladi.

Yangi tartib bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili yer uchastkalarini foydalanishga kiritish dasturini tasdiqlaydi. Shuningdek, yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi.

Farmonga muvofiq, texnik-iqtisodiy asosda yer uchastkalarining tahlili, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, moliyalashtirish manbalari, xarajatlar va loyiha samaradorligi kabi masalalar aks ettiriladi. Shuningdek, davlat tomonidan beriladigan qo‘llab-quvvatlash choralari ham belgilanadi.

Yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish hamda tegishli idoralar bilan kelishish ishlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkil qiladi.

Tayyorlangan hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va hududga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tasdiqlanadi.

Farmonga ko‘ra, yer uchastkalari texnik-iqtisodiy asos bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan qiymatda «E-auksion» elektron onlayn savdolariga chiqariladi. Shuningdek, yerlarni foydalanishga kiritish muddati yer ajratilgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki yil etib belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring