Ronald Reyganning o‘g‘li vafot etdi
Maykl Reygan, 2010 yil.
AQShning 40-prezidenti — Ronald Reyganning o‘g‘li Maykl Reygan 80 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi, deb xabar berdi ABC News telekanali.
Maykl Reygan yaqinlari qurshovida olamdan o‘tgan. Young America’s Foundation tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, u anchadan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelgan.
Maykl Reygan (1945-yil 18-martda tug‘ilgan) — Ronald Reyganning besh farzandidan biri. Ronald Reygan va birinchi rafiqasi, aktrisa Jeyn Uaymen uni asrab olishgan. Ushbu nikohdan tug‘ilgan Morin Reygan 2001-yilda vafot etgan, yana bir qiz Kristin Reygan go‘dakligida olamdan o‘tgan. Nensi Reygan bilan ikkinchi turmushidan Ronald Reyganning ikki farzandi bor — Patti Devis va Ron Reygan.
Maykl Reygan konservativ siyosiy sharhlovchi, radio boshlovchisi, kitoblar muallifi va notiq sifatida tanilgan. Ronald Reygan nomidagi Prezident kutubxonasi fondi va instituti uni otasining izchil merosxo‘ri deya ta’riflagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter