Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armaniston Yevropaga yaqinlashishda davom etsa, Rossiya gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin

Armaniston Yevropaga yaqinlashishda davom etsa, Rossiya gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin

Foto: Minval.az

Rossiya Armanistonning Yevroittifoq bilan yaqinlashishidan norozi. Agar mamlakat Yevroittifoqqa qo‘shilish jarayonini davom ettirsa Rossiya tabiiy gaz, neft mahsulotlari va ishlov berilmagan olmos yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni bir tomonlama to‘xtatishi yoki bekor qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Sergey Sivilyovning 25-may kuni Armaniston hududiy boshqaruv va infratuzilma vazirligiga yuborgan maktubida ma’lum qilingan.

Rossiya va Armaniston ushbu kelishuvni 2013-yilda tuzgan. Uning doirasida Rossiya Armanistonga neft mahsulotlari, gaz va olmos yetkazib berish bo‘yicha eksport bojlarini muddatsiz bekor qilgan.

Agar kelishuv bekor qilinsa, Armaniston tovon puli to‘lashga yoki to‘lanmagan mablag‘larni Rossiya oldidagi davlat qarzi sifatida tan olishga majbur bo‘ladi.

Tahlilchilarning fikricha, agar kelishuv bekor qilinsa, Armaniston og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkin. Sababi mamlakatga gazning 85 foizi, neft mahsulotlarining kamida 62 foizi hamda import qilinadigan olmoslarning 50 foizi Rossiyadan keladi.

So‘nggi yillarda Armaniston Yevroittifoq bilan yaqinlashmoqda. Jumladan, mamlakat ikki yil ichida YI bilan vizasiz rejim joriy etish niyatida. 2025 yilda Armaniston parlamenti mamlakatning YeIga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring