Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya o‘nlab qirg‘izistonliklarni mamlakatga kiritmadi

Rossiya o‘nlab qirg‘izistonliklarni mamlakatga kiritmadi

Rossiyaga kirishi man etilgan bir necha o‘nlab Qirg‘iziston fuqarolari Moskva aeroportida vataniga jo‘natilishini kutmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26-mart kuni elchixona xodimlari Sheremetevo aeroportiga borib, u yerda Rossiya FXX Chegara xizmati yuqori mansabdor shaxslari va «Aeroflot» aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashgan. Departamentning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Qirg‘izistonning 40 nafar fuqarosi vataniga jo‘natish kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Moskva yaqinidagi Crocus City Hall konsert zalida yuz bergan terakt munosabati bilan o‘z fuqarolarini Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Rossiyada bo‘lgan vatandoshlariga odamlar gavjum joylarga bormaslikni va o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishni tavsiya qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring