Zelenskiy Putin bilan Jenevada uchrashmoqchi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z jamoasiga Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil qilish vazifasini topshirdi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
“Zelenskiyning ta’kidlashicha, masalani hal qilishning eng to‘g‘ri yo‘li Putin bilan shaxsan uchrashishdir. U o‘z jamoasiga Jenevada liderlar darajasida uchrashuvni tashkil qilishni topshirganini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Kremlga ko‘ra, agar Zelenskiy Putin bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘lsa, unda Moskvaga kelishi kerak bo‘ladi. 28 yanvar kuni bu haqda Yuriy Ushakov ma’lum qilgandi. Ammo Zelenskiy Rossiya poytaxtiga borishdan voz kechgan.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari chegaradan olib ketilgandagina Ukraina Donbassdan o‘z armiyasini chiqarishini ma’lum qilgan. U hududlar statusini referendum orqali belgilash imkoniyati borligini tan olgan va front liniyasini mustahkamlash varianti ukrain jamiyatida qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligini ta’kidlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter