Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya tomondan urushga kirgan xorijliklarga fuqarolik olish soddalashtirildi

Rossiya tomondan urushga kirgan xorijliklarga fuqarolik olish soddalashtirildi

Putin Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun shartnoma tuzgan xorijliklar soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olishi mumkin bo‘lgan farmonni imzoladi.

Unda, jumladan, Rossiya-Ukraina urushi davomida sog‘lig‘i yoki yoshiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida xizmatdan bo‘shatilgan xorijliklar va ularning oila a’zolari ham fuqarolik olish uchun murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, ular rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishlari ham shart bo‘lmaydi. Ulardan, shuningdek, besh yil davomida Rossiyada «yashash uchun ruxsatnoma» olganlik ham talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring