Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya TVsida Putinning otasi urushda halok bo‘lgani aytildi

Rossiya TVsida Putinning otasi urushda halok bo‘lgani aytildi

Rossiyaning «Birinchi kanal»i prezident Vladimir Putinning otasi Ikkinchi jahon urushi davrida, 1942 yilda vafot etganini e’lon qilib yubordi. Qizig‘i, Rossiya prezidenti 1952 yilda tug‘ilgan.

Telekanalda berilgan lavha ostidagi «yuguruvchi qator»da shunday deyilgan: «Bu haqda Vladimir Putin ham ma’lum qildi. Uning otasi Nevskiy hududida dushman halqasini yorib o‘tayotganda halok bo‘lgan».

Efirga uzatilayotgan lavha nemislarning Leningrad viloyatidagi jinoyatlari haqida bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti 1952 yilda tug‘ilgan, otasi Vladimir Spiridonovich esa 1999 yilgacha umr ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring