Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada maymun chechagining birinchi holati aniqlandi

Rossiyada maymun chechagining birinchi holati aniqlandi

Rossiyaga maymun chechagi kasalligi kirib keldi. U Yevropadan qaytgan yigitda tasdiqlandi.

«Kasallik Yevropa safaridan qaytgan va xarakterli toshma bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan yosh yigitda aniqlangan», — deyiladi Rospotrebnadzor agentligi xabarida.

Shuningdek, kasallik yengil shaklda ekani va bemorning hayotiga hech qanday tahdid yo‘qligi aniqlangan. U yakkalash tartibiga olingan.

Ta’kidlanishicha, «infeksiyaning yanada tarqalishi ehtimoli oldi olingan».

Agentlik, shuningdek, mamlakatda maymun chechagini aniqlash uchun yetarli reagentlar to‘plami mavjudligini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring