Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada shifokorlar ikki yoshli qizchaning oshqozonidan 250 ta magnitni olib tashladi

Rossiyada shifokorlar ikki yoshli qizchaning oshqozonidan 250 ta magnitni olib tashladi

Foto: Gazeta.ru

Moskvadagi Morozov kasalxonasi shifokorlari birdaniga 250 ta magnitni yutib yuborgan ikki yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda tibbiyot muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qizchaning ota-onasi uni kuchli yo‘tal sabab kasalxonaga olib kelgan. Tekshiruv davomida shifokorlar bolaning oshqozonida begona jismlar to‘planib qolganini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, u magnit sharchalarni yutib yuborgan.

Dastlab jarrohlar kichik kesmalar orqali kiritilgan kamera yordamida ichaklarni tekshirib, ularning shikastlanmaganiga ishonch hosil qilgan. Shundan so‘ng maxsus endoskopik asboblar yordamida qizchaning qizilo‘ngachi orqali oshqozonidan 250 ta magnitning barchasi olib tashlangan.

Hozirda kichik bemorning ahvoli yaxshi. Uni kasalxonadan chiqarishga tayyorlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring