Saudiya Arabistoni ShHTga to‘liq a’zo sifatida qo‘shiladi
Saudiya Arabistoni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga to‘liq a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi memorandumni ma’qulladi, deb xabar bermoqda hukumat agentligi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al Saud raisligida bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish qarori tasdiqlagan.
Qaror «Saudi Aramco» neft va gaz kompaniyasining Xitoyga ko‘p milliard dollarlik sarmoya kiritish haqidagi e’lonidan keyin qabul qilingan.
Rasmiy Ar-Riyodning ShHTga qo‘shilish masalasi o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoy rahbari Si Szinpinning Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifidan so‘ng ko‘tarilgan edi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti siyosiy, savdo-iqtisodiy ittifoq bo‘lib, unga Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston to‘laqonli a’zo hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter