Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Turk gilami»: sayyohlar mamlakatga qancha pul olib kelyapti?

«Turk gilami»: sayyohlar mamlakatga qancha pul olib kelyapti?

Foto: «Life»

Turkiya statistika instituti ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya hududida sayyohlar sarflagan pullar 2019-yilda 12,6 mlrd. dollarga yetdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.

Yuqoridagi mablag‘ning 9,7 milliardi shaxsiy xarajatlarga, qolganlari turli sayyohlik paketlarining ichida — transport, joylashuv va ekskursiyalarga sarflangan.

«Anadolu Ajansı» agentligi yozishicha, turistlar pulining 12 foizi yoki 1,548 mlrd. dollarni kiyim-kechak va poyabzalga ishlatgan. Tibbiy xizmatlarga esa 537 mln. dollar ketgan. Deyarli shuncha pul (545 mln. dollar)ga suvenir va sovg‘a-salomlar sotib olingan. Turkiyadan olib ketilayotgan eng qimmat sovg‘a — gilam, turistlar buning uchun 2019-yilda 52 mln. dollar sarflashga ulgurishdi.


Mavzuga oid: Eng katta sayyohlik guruhi Shveysariyaga keldi


Bevosita turk fuqarolarining xorijga chiqishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ta’kidlanishicha, 2019-yili mamlakat fuqarolarining chet mamlakatlardagi xarajatlari 2018-yildagiga nisbatan 21 foizga qisqarib, 2,1 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring