Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherlar makoniga tushib qolgan bola besh kundan so‘ng sog‘-omon topildi

Sherlar makoniga tushib qolgan bola besh kundan so‘ng sog‘-omon topildi

Foto: Shutterstock

Afrikaning Zimbabve mamlakatida sherlar yashovchi ovchilar parkida yo‘qolib qolgan bola sog‘-omon topildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Yetti yoshli Tinotenda Pudu qishloqdagi uyidan chiqib ketib, adashib «Matusadona» ovchilar parkiga borib qolgan.

Tinotenda Pudu

Ko‘p o‘tmay bolani qidirish boshlangan va oradan besh kun o‘tib u topilgan.

Deputat Mutsa Murombedzining aytishicha, sherlar va fillar makon topgan bu hududda bola yovvoyi mevalarni yeb, qoyali tepalikda tunab jon saqlagan. Ko‘ngillilar bolani topish uchun kechasi bilan baraban chalib chiqishgan.

Bola milliy bog‘ning xavfli hududida 49 kilometr masofani bosib o‘tgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring