Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Şimoliy Koreya özining sunʼiy intellektli çat-botini işlab çiqdi

Şimoliy Koreya özining sunʼiy intellektli çat-botini işlab çiqdi

Foto: 38North

Şimoliy Koreyada sunʼiy intellekt asosida işlaydigan çat-bot yaratildi. U ilm-fan va texnologiyalarga oid savollarga javob beradi, şuningdek, matnlarni tarjima qiliş imkoniyatiga ega. Yangi işlanma Pxenyanda ötkazilgan IT yutuqlari milliy körgazmasida namoyiş etildi. Bu haqda 38 North naşri xabar berdi.

«Sunʼiy intellekt tizimi 1.0. Donişmandlik manbai» deb nomlangan çat-bot Kim Ir Sen nomidagi universitet huzuridagi Sunʼiy intellekt texnologiyalari instituti xodimlari tomonidan Pxenyandagi Phurunhanul Trading kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Mazkur kompaniya smartfonlar savdosi bilan ham şuğullanadi.

Interfeysi jihatidan çat-bot ChatGPTga öxşaydi: çap tomonda yangi suhbat boşlaş tugmasi va yozişmalar tarixi, öng tomonda esa asosiy muloqot oynasi joylaşgan. U koreys va ingliz tillaridagi sörovlarni qabul qiladi.

Biroq foydalanuvçilarga faqat ilm-fan va texnologiyalarga oid savollar berişga ruxsat etiladi. Ekrandagi ogohlantirişda: «Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi yoki odob-axloqqa zid savollar bermang», deyiladi. Şuningdek, xizmatdan notöğri foydalaniş oqibatlari uçun javobgarlik borligi ham eslatiladi.

Davlat televideniyesi lavhalarida çat-botga berilgan ayrim savollar namoyiş etilgan. Ular orasida «Boş oğriganda qanday dori içiş kerak?» va «Unity yordamida dasturlar yaratiş» kabi sörovlar bor.

Çat-bot qanday texnik vositalar asosida işlaşi haqidagi maʼlumotlar reportajda keltirilmagan. 38 North ekspertlari uning asosida AQŞ yoki Xitoy kompaniyalari işlab çiqqan oçiq vaznli model bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Masalan, Googlening Gemma yoki Alibabaning Qwen modellari şular jumlasidan.

Maqola mualliflari, şuningdek, asosiy sunʼiy intellekt modulidan oldin sörovlarni tasniflovçi tizim işlaşi mumkinligini qayd etgan. U savol turini aniqlaydi va taqiqlangan mavzularga oid murojaatlarni filtrlaşi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring