Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya SI texnologiyasiga ega yangi qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya SI texnologiyasiga ega yangi qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi

KXDR yangi taktik raketa va artilleriya tizimlarining yirik sinovini o‘tkazdi. Davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, sinovlar mamlakat rahbari Kim Chen In nazorati ostida bo‘lib o‘tgan.

Sinovlarda sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan yangi yuqori aniqlikdagi qanotli raketa ham tekshirildi. Raketa 100 kilometr masofaga ucha oladi va relefni xarita bilan taqqoslash, avtonom navigatsiya hamda SI asosidagi boshqaruv tizimi orqali nishonni aniq ura oladi.

Shuningdek, KXDR harbiylari yangi yengil turdagi ko‘p maqsadli raketa uchirish tizimi, taktik qanotli raketalar va modernizatsiya qilingan 240 millimetrli reaktiv snaryadlarni ham sinovdan o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, barcha yangi uchirish qurilmalari to‘liq avtomatlashtirilgan raqamli o‘t ochish tizimi bilan jihozlangan.

Kim Chen In mamlakat «o‘z raqiblarini qo‘rquvda ushlab tura oladigan darajada kuchli qurol salohiyatiga ega bo‘lishi shart»ligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR yadroviy va an’anaviy qurollar salohiyatini oshirish siyosatini davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring