Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiyada manqal ishlatish taqiqlandi

Shvetsiyada manqal ishlatish taqiqlandi

Foto: «Haber7»

«Shvetsiyaning Jamlend, Dalarna va Gavleborg viloyatlaridagi 80 ga yaqin joyda yong‘in chiqishi sababli mamlakatda manqal ishlatish taqiqlandi», — deya xabar bermoqda «Haber7» sayti.

Shvetsiyada manqal tufayli o‘rmonlarga o‘t ketgan. Hanuz o‘tni o‘chirish imkoni bo‘lmayapti. Shu bois mamlakat miqyosida manqal ishlatish qat’iy taqiqlandi.

Shu yil may oyidan beri jazirama va qurg‘oqchilik tufayli Shvetsiyada o‘rmon yong‘inlari kuzatilayapti.

Ushbu taqiqdan so‘ng ham manqal ishlatgan kishi katta miqdorda jarima to‘laydi. Yana shu ishni qilsa, ozodlikdan mahrum etiladi.

Skandinaviyada so‘nggi 66 yilning eng issiq yozi kuzatilayapti.

Ayni kunlarda havo harorati 30 darajadan yuqori.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring