Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindzo Abening davlat dafn marosimiga 1,8 mln dollar sarflanadi

Sindzo Abening davlat dafn marosimiga 1,8 mln dollar sarflanadi

Foto: Instagram/shinzoabe

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening davlat dafn marosimini o‘tkazish budjeti tasdiqlandi. Yapon hukumati buning uchun 250 mln iyena (1,8 mln dollar atrofida) sarflanishini ochiqladi.

Bu mablag‘ning asosiy qismi «Budokan» («Jang san’atlari uyi») arenasi ijarasiga sarflanadi. Dafn marosimi shu yerda o‘tkaziladi.

Koronavirusga qarshi chora-tadbirlar hamda mehmonlarning transport xarajatlari ham shu puldan qoplanadi.

Davlat dafn marosimida 6,4 ming nafar kishi qatnashishi kutilmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris va sobiq prezidenti Barak Obama, Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Dok Su, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax kabi nufuzli insonlarni Tokioda kutishmoqda.

Marosim o‘tkazilishi haqidagi qarorni mahalliy aholi nisbatan sovuq qarshiladi: so‘rovnomada qatnashganlarning faqat 40 foizi uning o‘tkazilishini ma’qullagan.

Davlat dafn marosimi Tokiodagi Imperator saroyi yaqinida joylashgan «Budokan» arenasida 27-sentyabrda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8-iyulida parlament yuqori palatasiga saylovlar arafasida Nara shahrida nutq so‘zlayotgan Sindzo Abe suiqasd qurboni bo‘lgandi. Marhumni ko‘mish marosimi 12-iyul kuni Tokiodagi Dzodzyodzi ibodatxonasida o‘tkazilgan, Abening jasadi krematsiyalangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring