Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindzo Abening qotili nima uchun bu ishga qo‘l urganini aytib berdi

Sindzo Abening qotili nima uchun bu ishga qo‘l urganini aytib berdi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni o‘qqa tutgan 41 yoshli Tesuya Yamagami avvaliga boshqa odamni o‘ldirishni rejalashtirganini tan oldi.

Kyodo agentligiga ko‘ra, 41 yoshli sobiq harbiy dengizchining nishoni avvaliga ma’lum bir diniy tashkilot rahbari bo‘lgan. Yamagamining so‘zlariga ko‘ra, u keyinchalik bu diniy tuzilmaga aloqador deb hisoblagan Abeni o‘ldirishga qaror qilgan.

Yamagami politsiyaga Abe go‘yoki ularning oilasi uchun halokatli moliyaviy muammolarni keltirib chiqargan diniy guruhga mansubligini aytgan.

«Mening onam ushbu guruhga jalb qilindi, katta xayriya qildi, shuning uchun bizning oilamizning hayoti og‘irlashib ketdi», – degan u.

Eslatib o‘tamiz, bugun Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe suiqasd natijasida 67 yoshida vafot etdi.

Abe mamlakat g‘arbidagi Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida nutq so‘zlayotganida qo‘lbola quroldan unga qarata o‘t ochilgan.

Tesuya Yamagami voqea joyida qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe suiqasd natijasida bevaqt vafot etgani munosabati bilan Yaponiya Imperatori Naruxito va Bosh vaziri Fumio Kisidaga hamdardlik yo‘lladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring